20:22 / 22.07.2021
852

eBay’da 235 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan Germaniyadagi tog‘ to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi

eBay’da 235 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan Germaniyadagi tog‘ to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi

Foto: Esquire
Germaniyada tog‘ni sotish to‘g‘risida eBay’da reklama e’lon qilindi. Uning muallifi 235 ming dollar miqdorida pul tushishini xohlamoqda, deb yozadi Esquire.

Saksoniya Shveysariyasining tog‘laridan eng kichigi Sirkelshtayn tog‘i sotilmoqda. Sirkelshtaynning balandligi 3,8 ming metrni tashkil qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab tog‘ egalari 1,2 million dollar narxni belgilagan, ammo keyinchalik uni sezilarli darajada pasaytirgan. Tog‘ning hozirgi egalarining yoshi kattaroq bo‘lganligi sababli endi Sirkelshtaynning holatini kuzatolmaydi.

Shuning uchun ular tog‘ni sotishga qaror qilgan. Xaridor sotib olingan hududda biron-bir o‘zgartirish kiritish uchun eksklyuziv huquqni olmaydi, lekin u yerda mashina haydashga ruxsat berilgan yagona shaxs hisoblanadi.

Foto: Esquire
Sirkelshtayn 1818 yilda nemis rassomi Kaspar David Fridrixni «Dengiz tumani bo‘ylab sayohat qilgan darbadar» rasmini yaratishga ilhomlantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » eBay’da 235 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan Germaniyadagi tog‘ to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi
[/banner_pushhouse