12:39 / 25.07.2021
4 339

«Bizni sotib yuborganmisizlar?» — Rossiyaga ishlash uchun yuborilgan o‘zbekistonliklar shikoyat bilan chiqdi


O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiyaga ishlashga yuborilgan 41 nafar o‘zbekistonliklar videomurojaat bilan chiqdi. Mazkur videomurojaat Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, videomurojaatda 41 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Andijon filiali orqali Rossiyaga ishga jo‘natilgani, biroq u yerda yetarli shart-sharoit yaratilmagani, va’da qilingan maosh to‘lanmayotgani ta’kidlangan.

Videomurojaatdagi fuqarolarning ta’kidlashicha, ularga oyiga 33—50 ming rubl va’da qilingan. Ammo ular kuniga 120—130 rubldan maosh olgan.

«Bugundan ishga chiqdik, men 130 rubl, qolganlar 120 rubldan pul topishdi. Bizga 33—50 minggacha va’da qilingan. Yo‘lkiraga 500 dollar sarflab kelganmiz. Bu qarzni ham to‘lash kerak. Bizni sotib yuborganmisizlar, tushunmayapmiz», — deyiladi videomurojaatda.
Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ushbu holat yuzasidan tushuntirish berilishi bo‘yicha so‘rov yuborildi.

«Holat bo‘yicha o‘rganish natijalari ma’lum qilinadi», — deyiladi Senat xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bizni sotib yuborganmisizlar?» — Rossiyaga ishlash uchun yuborilgan o‘zbekistonliklar shikoyat bilan chiqdi