17:32 / 25.07.2021
2 781

Afrika janubida rekord darajada sovuq havo qayd etilib, qor yog‘di (video)


Foto: AP Photo
Ayni paytda qish mavsumini boshdan kechirayotgan Janubiy Afrika Respublikasining markaziy qismida meteorologlar rekord darajada past haroratni qayd etdi, deb yozadi «TASS».

Xususan, 24 iyul, shanbaga o‘tar kechasi mamlakatning 19 ta tumanida sovuq havo bo‘yicha tarixiy rekordlar yangilandi.
Masalan, Kimberli shahrida havo harorati Selsiy bo‘yicha -9,9 darajaga teng bo‘ldi. Bunday past harorat ko‘rsatkichlari mintaqada meteorologik kuzatuvlar tarixida birinchi marta qayd etildi.

JARning aholi soni bo‘yicha eng yirik shahri — Yoxannesburgda havo harorati kechasi -7 darajagacha tushib ketdi.
Sovuq havo bo‘yicha bundan oldingi rekord bu yerda 1995 yil 19 iyulda kuzatilgan edi — -6,3 daraja.

Shuningdek, qayd etilishicha, mamlakatning ayrim tumanlarida ko‘p yillardan buyon birinchi marta qor yog‘gan. Ko‘plab avtomobil yo‘llari muzlagani tufayli yopib qo‘yilgan.

Past haroratli ob-havo Afrikaning janubiy qismiga Antarktikadan kirib kelgan. Sovuq havo JARda bir haftaga yaqin saqlanib qolishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika janubida rekord darajada sovuq havo qayd etilib, qor yog‘di (video)