22:00 / 25.07.2021
2 791

COVID-19 preparati odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda


Foto: «RIA Novosti»
Yaponiyaning «Sionogi» (Shionogi & Co) kompaniyasi koronavirus tabletkalarini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda «Wall Street Journal» gazetasi.

«Sionogi» ijrochi direktori Isao Teshirogining so‘zlariga ko‘ra, kuniga bir mahal ichish kerak bo‘lgan dorilar nazariy jihatdan virusni besh kun ichida zararsizlantiradi. Preparat proteaz faolligini bosadi: bu ferment yordamida virus odam hujayralari ichida nusxa oladi.

Teshirogining ta’kidlashicha, kompaniya Yaponiyada o‘tkaziladigan sinovlarga 50 dan 100 tagacha sog‘lom odamni jalb qilishni rejalashtirmoqda. «Sionogi» shu yil oxirida platsebo nazorati ostida sinovni boshlashi kutilmoqda.

Nashrning yozishicha, sinovlar keyingi yilga qadar davom etadi. Sinab ko‘rilayotgan dorilar bemorlarni asoratlardan va shifoxonaga yotishdan saqlay olish-olmasligi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 preparati odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda