20:04 / 26.07.2021
1 531

AQSH koinotga parvoz qilgan milliarderlar Brenson va Bezosni astronavt deb tan olmadi

AQSH koinotga parvoz qilgan milliarderlar Brenson va Bezosni astronavt deb tan olmadi

Foto: Blue Origin
Koinotga parvoz qilgan milliarderlar Richard Brenson va Jeff Bezos AQSHda hali astronavt sifatida tan olinmadi. Bu haqda NewScientist nashri xabar berdi.

AQSH Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) astronavt unvonini berish hamda «Astronavt qanotlari» ko‘krak nishonini olish mezonlariga aniqlik kiritdi, u AQSHda tijoriy kosmik missiyalar ishtirokchilariga beriladi.

FAA tijoriy kosmik parvoz ishtirokchilari uchun nishon berishni boshlagan 2004 yildan buyon birinchi marta mezonlarga o‘zgartirish kiritildi. Yangi qoidalar Amazon asoschisi va dunyodagi eng boy odam Jeff Bezos New Shepard kemasida koinotga uchgan kuni qo‘shilgan.
Tijoriy astronavtlar unvoniga sazovor bo‘lish uchun kosmik sayohatchilar Yer sathidan 80 kilometr balandlikka ko‘tarilishi kerak, bu shartni Bezos ham, Brenson ham bajargan.

Biroq, agentlikning ta’kidlashicha, balandlikdan tashqari, bo‘lajak astronavtlardan «parvoz chog‘ida jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoki insoniyatning koinotga parvozlari xavfsizligiga hissa qo‘shgan harakatlarni namoyish qilishi» ham kerak bo‘lgan.

Aynan qaysi harakatlar ushbu talabga javob berishini FAA rasmiylarining o‘zlari belgilaydi, shu tariqa agentlik kimni astronavt deb tan olishni mustaqil ravishda hal qiladi. «Astronavt qanotlari»ni olishni istaganlar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Biroq FAA rasmiylari hozirda birorta ariza ko‘rib chiqilmayotganini ta’kidladi.

Nashrning ta’kidlashicha, AQSHda uchta muassasa astronavt unvonini berishi mumkin: FAA, NASA va Qurolli kuchlar. Parvozdan keyin Bezos va Brenson taqib olgan «Astronavt qanotlari» nishoni ularning o‘z kompaniyalari tomonidan tayyorlangan edi.

Shunga qaramay, milliarderlar va kelajakdagi barcha tijoriy kosmik parvoz ishtirokchilari astronavt deb tan olinishga umid qilmoqda. Yangi buyruqda ta’kidlanishicha, faxriy mukofotlar ular ko‘rsatgan xizmatlarga yarasha FAA ma’muri yordamchisining qaroriga binoan berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi. Bortida Bezos va yana uch nafar odam bo‘lgan New Shepard havo kemasi kosmosga chiqib muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. New Shepard kapsulasi kosmodromdan uchgach, taxminan 350 ming funt masofani bosib o‘tdi, Yer atmosferasini fazodan ajratib turuvchi Karmana chizig‘idan (Yerdan 100 kilometr uzoqlikda) o‘zgan holda koinotga chiqdi. Parvoz taxminan 11 daqiqa davom etgan.

Britaniyalik milliarder, Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson esa 11 iyul kuni VSS Unity suborbital raketoplanida koinotga muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirib, kosmik turizm davrini boshlab bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » AQSH koinotga parvoz qilgan milliarderlar Brenson va Bezosni astronavt deb tan olmadi
[/banner_pushhouse