Yerdagi iqlim o‘zgarishi sayyoramizning eng muhim funksiyalarining tiklab bo‘lmas yomonlashuviga olib keldi, deya ogohlantirdi Oregon universiteti olimlari. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2020 yil rekord qayd etilgan eng issiq uch ko‘rsatkichdan biri bo‘lgan. Tobora Yer yuzidagi iqlim ofatlari tez-tez suv toshqinlari, bo‘ronlar va o‘rmon yong‘inlari soni ortib bormoqda.
Bularning barchasi, karbonat angidrid darajasining oshishi bilan birga, sayyorani «porox to‘ldirilgan bochka»ga aylantiradi, deydi olimlar.
«Yerning hayotiy tizimlarida keskin o‘zgarishlar ro‘y berayotgani to‘g‘risida dalillar ko‘payib bormoqda. Metamorfozalar marjon qoyalari, Amazonka o‘rmonlari yomg‘iri va G‘arbiy Antarktida va Grenlandiya muzliklari bilan bog‘liq», - deyiladi olimlar hisobotida.
Garchi o‘tgan yili koronavirus dunyo bo‘ylab havo ifloslanishini birmuncha pasaytirgan bo‘lishiga qaramasdan, dunyoda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmagan.
Tadqiqotchilar insoniyatni tabiiy inqirozni yengish uchun birlashishga chaqirishgan, buning asosiy sababi sayyorani odamlar tomonidan haddan tashqari ekspluatatsiya qilishidir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi