20:03 / 01.08.2021
3 257

Eron prezidenti xalqidan uzr so‘radi


Foto: «Fair.ru»
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy hokimiyatda bo‘lgan vaqtidagi xatolari uchun vatandoshlaridan uzr so‘radi.
Davlat rahbari o‘z lavozimini 3 avgustda tark etadi.

«Siyosatimizda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Mabodo ular bo‘lgan taqdirda ham, men buning uchun xalqdan kechirim so‘rayman», — dedi Ruhoniy.

Aholi mamlakatdagi turmush darajasidan norozi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, Eron AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp joriy etgan sanksiyalar bosimi ostida bo‘lgan. U o‘z vatandoshlarini shuni inobatga olib nimalarga erishilganiga e’tibor berishga chaqirdi.

Ibrohim Raisi — Eronning yangi prezidenti. U 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi.
Ruhoniy 2013 yili Eronda davlat rahbari lavozimini egallagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti xalqidan uzr so‘radi