17:19 / 03.08.2021
2 419

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Temir Sariyev hibsga olindi


Foto: «Kommersant’»
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Temir Sariyev «Qumtor» oltin konini qazish loyihasini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, «Kommersant’» xabar berdi.

Sariyev atrof-muhitga yetkazilgan zarar summasini kamaytirib ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda. 2 avgust kuni respublikaning sobiq rahbari Asqar Akayev «Qumtor» ishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

«Tergov harakatlari natijalari va ish bo‘yicha yig‘ilgan dalillarga asoslanib, 3 avgust kuni tergov Sariyevni hibsga olishga qaror qildi. U Milliy Xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi», — deyiladi matbuot xizmatida.

Temir Sariyev iqtisodiyot vaziri va tegishli davlat komissiyasi raisi bo‘lgan paytda «Qumtor» konidagi qazish ishlaridan atrof -muhitga yetkazilgan zarar miqdorini bir necha milliardga kamaytirib ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.

Kecha, 2 avgust kuni respublikaning sobiq rahbari, 2005 yilgi inqilobdan keyin Rossiyaga qochib ketgan Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi.

Bishkekda u avvaliga so‘roqqa tutilgan, keyin prezident Sadir Japarov uni shaxsan qabul qilgan. Rasmiylar Akayevning Kanadaning Centerra Gold Inc. kompaniyasi bilan «Qumtor» oltin koni borasidagi shov-shuvli ziddiyatda ularga yordam berishidan umidvor.
«Yordam berish uchun keldim», — deydi Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytishi sababini tushuntirib.

May oyi oxirida Qirg‘izistonda yana ikki nafar sobiq davlat amaldori korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi. Ulardan biri Qirg‘iziston parlamentining sobiq raisi va sobiq prezident So‘ronbay Jeenbekovning ukasi Asilbek Jeenbekovdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Temir Sariyev hibsga olindi