09:51 / 04.08.2021
3 774

Olimlar COVIDning o‘smirlar uchun ayanchli xavfidan ogohlantirishmoqda


Foto: «Google.com»
Olimlar koronavirusning o‘smirlarga halokatli ta’siri haqida ma’lum qilishdi. Ular emlanmagan bolalar kasallik paytida yurak yallig‘lanishi bilan vaksina olgan tengdoshlariga qaraganda 21 barobar ko‘proq kasal bo‘lishini aniqladilar. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Shifokorlar Pfizer yoki Moderna vaksinalarining yoshlarga yurak yallig‘lanishi ko‘rinishidagi ehtimoliy asoratlaridan ogohlantirishgan. Shundan so‘ng ko‘pchilik shoshilmaslikka va emlanmaslikka qaror qilgan. Ammo shifokorlar koronavirus uzoq davom etganda o‘smirlar ham yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishini ta’kidladilar.

Klivlenddagi G‘arbiy Rezerv hududining Keys universiteti olimlari shunday xulosaga kelishgan. Miokardit kasalligi koronavirusga chalingandan so‘ng vaksina olgan tengdoshlariga qaraganda emlanmagan o‘g‘il bolalarda olti marta, emlanmagan qizlarda esa 21 marta ko‘p uchraydi. Doktor Mendel Singerning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda emlash xavfsizroq variant hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar COVIDning o‘smirlar uchun ayanchli xavfidan ogohlantirishmoqda