00:20 / 05.08.2021
7 549

KXDRda oziq-ovqat tanqisligi tufayli urush ehtimoli uchun saqlab qo‘yilgan guruch ishlatilmoqda


Shimoliy Koreyada oziq-ovqat tanqisligi tufayli aholiga armiya zaxiralaridan guruch tarqatilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya razvedka ma’lumotlariga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasi KXDRdagi oziq-ovqat inqirozi haqida xabar topdi. Mamlakatda tartibsizliklar sodir etilmagan, ammo issiqlik va qurg‘oqchilik chorva mollarini, shuningdek, sholi va makkajo‘xori hosilini nobud qilgan.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati qurg‘oqchilikni «milliy omon qolish masalasi» deb biladi hamda ushbu muammo haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga harakat qilmoqda.

26 million aholini boqish uchun Shimoliy Koreyaga odatda yiliga, taxminan, 5,5 million tonna oziq-ovqat kerak bo‘ladi, hozirda yana 1 million tonna oziq-ovqat yetmayapti.

Hukumat kam ta’minlangan fuqarolar, ishchilar va qishloq korxonalarini urush yuz bergan taqdirda foydalanish uchun g‘amlangan zaxiralardagi guruch bilan ta’minlamoqda. Shu bilan birga, Shimoliy Koreyada guruch narxi yil boshidan buyon ikki baravarga oshgan. Iyulda narxlar barqarorlashdi, lekin keyin o‘sishda davom etdi.

Qayd etilishicha, KXDRda harbiy zaxiralardan birinchi marta foydalanilayotgani yo‘q, lekin zaxiralar deyarli tugab qolgan bo‘lishi mumkin.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, oziq-ovqat tanqisligiga Xitoy bilan chegaraning yopilishi sabab bo‘lmoqda. Ilgari Xitoydan turli shaklda, shu jumladan, kontrabanda orqali oziq-ovqat yetkazib berilgan. Pandemiya cheklovlari tufayli KXDR va Xitoy o‘rtasidagi savdo 2020 yilda 80 foizga kamaydi.

Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Koreyada oziq-ovqat muammolari kuzgi yig‘im-terim vaqtigacha saqlanib qoladi, lekin mamlakat keng miqyosli ocharchilikka duch kelishi dargumon, chunki Xitoy KXDRda gumanitar falokat yuz bersa, qochqinlar oqimi paydo bo‘lishidan qo‘rqib, bunga yo‘l qo‘ymaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDRda oziq-ovqat tanqisligi tufayli urush ehtimoli uchun saqlab qo‘yilgan guruch ishlatilmoqda