13:30 / 05.08.2021
3 666

Marshal Abdurashid Do‘stum Afg‘onistonga qaytib keldi


Foto: Tolonews
Afg‘onistondagi o‘zbeklar jamoatchiligi yetakchisi marshal Abdurashid Do‘stum Turkiyada uzoq vaqt davolanganidan keyin vataniga qaytib bordi. Bu haqda Tolonews xabar bermoqda.

Do‘stum Afg‘onistonni iyunning ikkinchi yarmida tark etgan edi. O‘sha vaqtda mamlakatning turli viloyatlarida, shu jumladan, o‘zbeklar zich bo‘lib yashaydigan shimoliy hududlarda ham «Tolibon» radikal harakatining keng ko‘lamli hujumlari boshlangani tufayli, ba’zi OAVlarni Do‘stumning ketishi hayratda qoldirdi.

Shu bilan birga, marshalning rasmiy vakillariga tayangan holda Do‘stum Turkiyaga rasmiy tashrif bilan ketgani va u yerda rejali muolajalarni olishi xabar berilgandi, ta’kidlanishicha, unda qandli diabet bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor.

1990 yillarda Do‘stum o‘z armiyasiga rahbarlik qilgan, u «Tolibon»ga qarshi nisbatan muvaffaqiyatli tarzda janglar olib borgan edi. AQSH armiyasi 2001 yilda Afg‘onistonga bostirib kirayotganida aynan Do‘stumni qo‘llab-quvvatlagan edi.

O‘tgan yilning sentabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi yalpi majlisida so‘zlagan nutqidan keyin Do‘stum «Mening o‘zbek tilim, mening millatim, mening faxrim» sarlavhali maqola chiqargan edi.

Marshal O‘zbekiston Prezidentining nutqini «tarixiy voqea» deb atab, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi ziddiyatni hal qilishdagi ishtiroki «ijobiy natijalarga olib kelishi»ni aytgandi.

Ma’lumot uchun, Abdurashid Do‘stum asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib, Afg‘onistondagi eng mashhur harbiy qo‘mondonlardan biri. 2014 yil sentabridan buyon Afg‘oniston vitse-prezidenti bo‘lgan, 2020 yilda u marshal unvonini olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marshal Abdurashid Do‘stum Afg‘onistonga qaytib keldi