10:35 / 06.08.2021
3 976

Koronavirusga oid hujjatning yo‘qolishi minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi


Foto: «M.gazeta.ru»
Buyuk Britaniyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash rejasi 16 yil oldin yo‘qolgan, deb yozadi The Independent.
Infeksiya tarqalishiga qarshi kurash strategiyasi 2005 yilda ishlab chiqilgan. O‘shanda mamlakat rasmiylari SARS koronavirusidan va u keltirib chiqaradigan og‘ir o‘tkir respirator sindromidan xavotirlanishgan.

«Qayoqqa g‘oyib bo‘lganini tushunmayman», — deya tan oldi reja tuzuvchilaridan biri.

Nashrning ta’kidlashicha, hujjatda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini joriy etish, fuqarolar harakatini cheklash bo‘yicha tavsiyalar mavjud, shuningdek, test o‘tkazish, bemorlar bilan aloqani kuzatish va shaxsiy himoya vositalarining zaxirasini ko‘paytirish zarurligi haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, rejada infeksiyaning «super tarqalishi» xavfi va bu ssenariyning oldini olish usullari — masalan, binolarni samarali ishlov berish va ventilyatsiya qilish haqida alohida band bo‘lgan.

«Hujjat ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Biz o‘n minglab odamlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin edi», — nashrda mamlakat hukumatining sobiq bosh ilmiy maslahatchisi Devid King nashridan iqtibos keltirilgan.

Maqolada aytilishicha, 2020 yil qishda Britaniya rahbariyati hammasini «noldan» boshlagan va COVID-19 tarqalishini to‘xtatish yo‘llarini o‘ylab topgan. Manbalardan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, mamlakat rasmiylari bunday infeksiyalarga chora ko‘rish rejalaridan voz kechganini aytdi. Chunki «ular bu yerga yetib kelmay» deb o‘ylashgan.
Buyuk Britaniyada jami 5,95 millionga yaqin koronavirus holati qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga oid hujjatning yo‘qolishi minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi