16:33 / 07.08.2021
2 732

Toliblar Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on shahrini egalladi


Foto: TASS
Toliblar bir haftalik janglardan so‘ng strategik muhim shahar — Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahri ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Tolo telekanali xabar bermoqda.

Telekanalning ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston armiyasi kuchlari hozirda mahalliy aeroport hududida turibdi.
Toliblar biroz avval Shibirg‘onga kirgani aytilmoqda.

Shibirg‘on Afg‘oniston shimolida, Turkmaniston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on shahrini egalladi