09:40 / 08.08.2021
2 218

Chexiyada yangi kitob yozgan bosh vazirga qarata tuxum uloqtirishdi


Chexiya bosh vaziri Andrey Babish kitobining taqdimotida tomoshabinlardan biri unga qarata tuxum uloqtirdi. Natijada tuxum suyuqligi bosh vazirning o‘zi va uning yonida turgan bir necha odamlarga sachradi. Zo‘ravon darhol hibsga olingan. Bu haqda RIA Novosti politsiya vakili Zdenek Xalupuga asoslanib ma’lum qildi.

Bu voqea Praga chekkasidagi Prugonitse shahrida sodir bo‘ldi. U yerda Babish saylovoldi yig‘inlari haqidagi yangi kitobining taqdimotini o‘tkazayotgan edi. Olomon orasida turgan, bosh vazirning ehtimoliy siyosiy raqibi unga qarata tuxum uloqtirgan.

Politsiya yigitni hibsga olgan. Tomoshabinlarning bir qismi yigitni himoya qilib chiqqan. Harakat ishtirokchilarini boshlig‘i ham hibsga olingan. Bu vaqtda Babishning o‘zi yaqin o‘rtadagi qandolat do‘konidan boshpana topgan.

«Jamoat tartibini buzishda gumon qilinib, politsiya ikki kishini hibsga oldi, ulardan biri bosh vazirga tuxum uloqtirdi», deya ma’lum qildi Xalupa.

Shuningdek, huquq -tartibot idoralari Bosh vazir ishtirokida miting o‘tkazilgan maydonda xochlarni kim chizgan bo‘lishi mumkinligini ham tekshirmoqda.

Shu bilan birga, «Demokratiya uchun million lahzalar» jamoatchilik harakati vakili Gana Strashakova matbuotga, xochlar koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga, tosh yo‘laklarga chizilganligi, bu hukumatga qanchalik yomon bo‘lganini eslab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiyada yangi kitob yozgan bosh vazirga qarata tuxum uloqtirishdi