10:47 / 08.08.2021
1 800

Koronavirusning yangi shtammlariga yulduzlar turkumlari nomlarini berish rejalashtirilmoqda


JSST koronavirusning yangi shtammlarini belgilash uchun grek alifbosi harflari yetmasligi mumkinligi sababli ularga yulduzlar turkumlari nomlarini berishi mumkin. Bu haqda JSST mutaxassisi Mariya Van Kerkxove The Telegraph nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ayni vaqtda virusning shtammlari grek alifbosi harflari bilan belgilanmoqda. Ma’lumki, ushbu alifbo 24 ta harfdan iborat.
Avvalroq shtammlarni belgilash uchun yunon ma’budlari nomlarini berish taklif qilingan, biroq bu variantdan voz kechilgan. 
 
JSST virus shtammlarini ular birinchi marta qayd qilingan joylar nomlari bilan atashda tahqirlash alomatlari bor, deb hisoblaydi. Shu sababli may oxirida virus mutatsiyalarini grek alifbosi harflari bilan belgilash yo‘lga qo‘yilgandi.
 
Ayni vaqtda dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 202 milliondan oshib ketdi, 4 milliondan ko‘proq odam uning qurboniga aylandi. Shu bilan birga, 182 millionga yaqin odam kasallikdan tuzalib ketgan. Hozirda virusdan kasallanish va o‘lim holatlari soni bo‘yicha AQSH 1-o‘rinni egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning yangi shtammlariga yulduzlar turkumlari nomlarini berish rejalashtirilmoqda