11:23 / 09.08.2021
4 976

Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘mib yuborildi


Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘milgan. Bola Hindistonning janubi-sharqiy sohilidagi Vishakxapatnam shahrida tug‘ilgan.

Times of India nashrining yozishicha, chaqaloq juda erta tug‘ilgan va shifokorlar bolaning onasiga homila Daun sindromi bilan og‘riganini ma’lum qilgan.

Erta tug‘ilishdan ko‘p o‘tmay, chaqaloqda hayot alomatlari deyarli to‘xtatgan. Qizning oilasi avval krematoriyaga borgan, u yerda dafn xizmati xodimlari dafn marosimini o‘tkazishdan bosh tortgan.

Sababi ularning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishi mashinada krematoriyagacha yetib kelishib, bolaning jasadi solingan sumkani tutqazishgan, xodimlar sumkani ochganda, bola tirik ekanligini ko‘rishgan. Krematoriy oilaning talabini bajarishdan bosh tortganidan so‘ng, bolani olib ketishgan va o‘zlari qabristonga dafn etishgan.

Ma’lumot uchun, hindlarning an’anaviy dafn marosimida marhum olovda kuydiriladi. Faqat ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar jasadi bundan mustasno.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘mib yuborildi