21:50 / 09.08.2021
3 115

Xitoy va Hindiston kuchli suv toshqinlari ostida qoldi (video)


Foto: AFP
Xitoyda uzoq davom etgan yomg‘irlar keng ko‘lamli suv toshqinlarini keltirib chiqardi, natijada 80 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Suv toshqinlari Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasini qamrab olgan. Dachjou shahridagi suv omborida suv sathi me’yordan 2,2 metr oshib ketgan.

NDTV agentligining xabar berishicha, Hindiston shimolida Uttar-Pradesh shtatining 357 ga yaqin qishloqlarini kuchli yomg‘ir tufayli suv bosgan.

Gond shahrida Gxagxra daryosining toshib ketishi oqibatida boshlang‘ich maktab «yuvilib ketgan». Suv toshqinidan zarar ko‘rgan qishloqlarning uchdan bir qismi qolgan hududlardan butunlay uzilib qolgan.

29 iyulga o‘tar kechasi Afg‘oniston sharqidagi Nuriston viloyatida kuchli suv toshqini yuz bergandi, oqibatda 40 dan 150 nafargacha odam halok bo‘lgan. Viloyatning Mexerdish qishlog‘i tabiiy ofat natijasida to‘liq vayron bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ushbu hudud «Tolibon» nazorati ostida bo‘lib, shu sababli u yerga gumanitar yordam yetkazishning iloji bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Hindiston kuchli suv toshqinlari ostida qoldi (video)