18:00 / 10.08.2021
3 637

Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon" haqida nima degan edi?


Salkam 50 yildan buyon urushlardan boshi chiqmayotgan afg‘on xalqining bir milliy qahramoni bor. U mamlakatning barcha uyezdlarini, barcha millat va yoshu qarining humati va muhabbatiga sazovor bo‘lgan dala qo‘mondoni - Ahmad Shoh Mas’ud.
“Panjsher sheri” nomi bilan mahsur bo‘lgan ushbu dala qo‘mondoni o‘qimishli, madaniyatli va odil rahbar sifatida afg‘on xalqining esida qolgan.

Quyida 1997 yilda “Sovershenno Sekretno” gazetasi muxbiri Markelovning Ahmad Shoh Mas’ud bilan o‘tkazgan intervyusidan bir parcha keltiramiz. O‘shanda tajribali dala qo‘mondoni tolibon harakati haqida nima degan edi.

- Tolibonning hukumat boshiga kelishi Rossiyaga qanday xavf soladi?
- Siz bir narsani tushuning, tolibon bu shunday kuch-ki, u o‘zi mustaqil oyoqda tura olmaydi. Bu kuchni Pokiston afg‘on hukumati boshiga olib keldi. Ularning maqsadi Markaziy Osiyo hududida o‘z manfaatlarini himoya qilishdir. Rossiya uchun asosiy xavf shundaki – urush qo‘shni Tojikiston hududiga ham tarqalib ketishi mumkin, - degan edi dala qo‘mondoni 24 yil oldingi intervyusida.

Shuningdek, Ahmad Shoh tolibon Afg‘oniston prezidenti Najibulloni osib o‘ldirganini esga olib, ularni haddan ortiq shafqatsizlikda ham ayblagan edi.

Ahmad Shoh Mas’ud haqida
U 1953 yilda Panjsher uyezdida tug‘ilgan, millati – tojik, Qobuldagi Abu-Xanifiya islom maktabini bitirgan, keyinchalik 1973 yilda Qobul Politexnika institutiga o‘qishga kirgan, lekin urush boshlanib qolgani tufayli bitirishga ulgurmagan. Shundan so‘ng u Pokistonga qochib ketadi. U yerda u islom muxolifat otryadlariga qo‘shiladi. Oradan 2 yil o‘tib kichik otryad mujohidlari bilan Afg‘oniston hududiga qaytib keladi.

Mahalliy sharoitlarni yaxshi bilishi, strategik fikrlash qobiliyati tufayli Ahmad Shoh Mas’ud qisqa vaqt ichida Afg‘oniston shimolida keng hududlarni egallab oladi va sovet askarlariga qarshi kurash olib boradi. 1980 yillar o‘rtalariga kelib uning qo‘l ostidagi askarlar soni 6 mingga yetadi.

Ayrim manbalarda aytilishiga ko‘ra, sovet harbiy qo‘mondonligi Ahmad Shoh Mas’udga qarshi 9ta keng ko‘lamli harbiy operatsiyalar o‘tkazgan, lekin ularning birortasi ham muvaffaqiyat bilan tugamagan.

SSSR qo‘shinlarini olib chiqib ketgan vaqtida Ahmad Shoh Mas’ud Afg‘oniston shimolida eng katta kuch bo‘lgan. O‘sha vaqtlar uning qo‘l ostida 15 mingga yaqin askar bo‘lgan. Afsonaviy dala qo‘mondoni 2001 yilda mashhur dala qo‘mondonini jurnalist ko‘rinishida kelgan 2 nafar xudkush terrorchi qo‘lidan vafot etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon" haqida nima degan edi?