22:04 / 10.08.2021
2 332

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini xiyonat deb atadi


Foto: AP Photo
AQSH va Janubiy Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari — xiyonat, bu Shimoliy Koreya hukumatini mintaqada qurolli kuchlarini kuchaytirishga majbur qiladi. Bu haqda KXDR rahbari Kim Chen Inning singlisi, Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining targ‘ibot va tashviqot bo‘limi direktorining o‘rinbosari Kim Yo Chjon aytib o‘tdi. Uning bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi saytiga joylashtirilgan.

Kim Yo Chjon qo‘shma mashg‘ulotlarni Koreya yarimorolidagi beqarorlikning asosiy sababi deb ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Koreya yarimorolidagi tinchlik va xavfsizlikni so‘z bilan emas, faqat amaliy to‘xtatish bilan kafolatlash mumkin». «Buning uchun Shimoliy Koreya qurolli kuchlar shayligini oshiradi», — dedi siyosatchi.

«Biz AQSHning tobora kuchayib borayotgan harbiy tahdidiga qarshi kurashda mutlaq to‘xtatishni, ya’ni, milliy mudofaa qobiliyati va bizga qarshi har qanday harbiy harakatlarga tezda javob bera oladigan kuchli zarba ustida ishlashni kuchaytiramiz».
AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ushbu mashg‘ulotlar bu yil hisobida ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Birinchisi mart oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda bunga javoban KXDR Yapon dengizi tomon raketalarni uchirgan.

AQSH va Koreya Respublikasi o‘rtasida yangi mashg‘ulotlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. KXDR ularni o‘tkazishga qarshi chiqdi. Mashg‘ulotlarning qoldirilishi Janubiy Koreyaning Birlashish vazirligi tomonidan ham qo‘llab -quvvatlandi. Bunday qarorga rasmiy sabab koronavirus pandemiyasi qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, vazirlik shu orqali Pxenyan bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini xiyonat deb atadi