10:55 / 13.08.2021
2 830

Ellik yil turmada o‘tirgan mahbus aybsiz bo‘lib chiqdi

Ellik yil turmada o‘tirgan mahbus aybsiz bo‘lib chiqdi
AQSHda 50 yildan ko‘proq umrini panjara ortida o‘tkazgan, yolg‘on va shubhali ko‘rsatmalar asosida qamalgan mahbus ozod qilindi. Bu haqda The Philadelphia Inquirer ma’lum qilmoqda.

Artur Jonson 1970 yilda qotillikda ayblangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat vaqtida uning sherigi Geri Breym o‘qotar qurol bilan o‘q uzganidan so‘ng, Jonson marhumga pichoq sanchgan.

Jonson o‘zini aybsiz deb da’vo qilgan. Iddao qilishicha, politsiya xodimlari bosimi ostida aybini tan olgan.

Shuningdek, Breym Jonsonning qotillikka aloqasi yo‘qligini tasdiqlagan. Natijada, uning aybining asosiy isboti 15 yoshli guvohning 30 soatlik so‘roq paytida bergan qarama-qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan.

Qotillik paytida voyaga etmagan Breym 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. O‘sha paytda 18 yoshda bo‘lgan Jonson esa umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. 1979 yilda qochishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin u bir kishilik kameraga o‘tkazilgan.

2017 yilda The Abolitionist Law Center Jonsonning 37 yillik yolg‘izlikdagi qamoq hayotiga chek qo‘ygandi. To‘rt yil o‘tgach, Filadelfiya okrugi prokuraturasi va sud ayblov xulosasida yolg‘on yoki «o‘ta shubhali» so‘zlar borligini tan olgan. Shundan so‘ng, mahbus ozod etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Ellik yil turmada o‘tirgan mahbus aybsiz bo‘lib chiqdi
[/banner_pushhouse