08:30 / 14.08.2021
4 193

Ozarbayjonning sobiq elchisi ruslar haqida aytganlari shov-shuvga sabab bo‘ldi

Ozarbayjonning sobiq elchisi ruslar haqida aytganlari shov-shuvga sabab bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Ozarbayjonning Belarus, Moldova va Pokistondagi sobiq elchisi Isfandiyor Vahobzodaga ruslar haqida gapirgani, Rossiya hududiga kirishni 50 yilga taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi ma’lum qilgan.

Avvalroq, Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Vahobzoda ruslarni cho‘chqalar deb ataganini aytgan.

«Bugun Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Kuat Axmetov va Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Isfandiyor Vahobzodaga Internetda millatlararo adovatni qo‘zg‘atuvchi so‘zlari uchun 50 yil davomida Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Qozog‘istonda “til posbonlari” deb nomlangan tashkilot faoli Kuat Axmetov ruslarning o‘z vatandoshlariga nisbatan past nazar bilan qarashi haqida gapirgan.

Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, 10 avgustda Bishkekdagi “Texnopark” savdo-ko‘ngilochar markazida rus tilida so‘zlashadigan qizga hujum qilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosiga nisbatan 10 yil muddatga shunday qaror qabul qilinganini eslagan.

“Rossiya Ichki ishlar vazirligi, Rossiya Federatsiyasiga, uning aholisi va chet elda yashayotgan vatandoshlariga qarshi buzg‘unchi harakatlarga chaqirayotgan chet el fuqarolari, ularning Rossiyada bo‘lishi jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi sababli, mamlakatga kiritilmasligi haqida ogohlantiradi", deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Isfandiyor Vahobzoda Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari va ruslarga qarshi haqoratli bayonotlar berganidan so‘ng Vladimir Jirinovskiy Ozarbayjon fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qilgan. Biroq Vahobzoda na Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi, na mamlakatning biron bir davlat tashkiloti vakili emas, deyiladi Ozarbayjon TIV javobida.

Youtube kanalidagi «Jirinovskiyga Isfandiyor Vahobzodadan javob» videolavhasida o‘zini filologiya professori, Ozarbayjonning Belarus, Moldova va Pokistondagi sobiq elchisi Isfandiyor Vahobzoda deb tanishtirgan odam Jirinovskiy va rus xalqiga nisbatan «cho‘chqalar», «eshak» so‘zlarini ishlatgan va LDPR rahbariga itlar tumshuqbog‘ini yuborishga va’da bergan.

Isfandiyor Vahobzoda o‘z navbatida Jirinovskiyning ilgari ozarbayjonlarni “qo‘y” deb haqorat qilganini va bunday hol davomiy bo‘layotganini eslatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjonning sobiq elchisi ruslar haqida aytganlari shov-shuvga sabab bo‘ldi