17:50 / 14.08.2021
2 235

Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi

Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi
Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatdagi vaziyat va o‘z rejalari haqida afg‘on xalqiga video murojaatnoma yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Men hozir barcha afg‘on xalqi xavotirda ekanini bilaman. Prezident sifatida shuni va’da beramanki, kelajakda zo‘ravonlikka, aholining u joydan bu joyga ko‘chishga majbur bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman.

Bugungi vaziyatda biz oqsoqollar bilan keng ko‘lamli maslahatlarni boshlaganmiz va yaqin vaqt ichida ularning natijalarini sizga ma’lum qilamiz. Hozir biz barcha kuchlarni xavfsizlikni oshirishga qaratganmiz.

Men "afg‘onlarga majburan bog‘lanayotgan" ushbu yangi urush yangi qurbonlar, vayronagarchiliklar olib kelishiga yo‘l qo‘ymanman. Biz so‘nggi 20 yil ichida erishilgan natijalar zoye ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz
”, - dedi G‘ani.

Afg‘oniston prezidenti har doim o‘z xalqiga tinchlik, farovonlik istaganini va kelajakda ham shu yo‘alishda davom etishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Tolibon ayni damda Afg‘oniston shimolida va Qobul yaqinida bir necha viloyatlar markazlarini egallab olgan. Ular Afg‘onistonda hukumatni to‘liq o‘z qo‘llariga olishni istaydi, prezident Ashraf G‘ani bilan muzokaralar o‘tkazishni istamaydi va faqat uning iste’fosini talab qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi