10:36 / 15.08.2021
2 413

Yana bir shahar «Tolibon»ga jangsiz taslim bo‘ldi

Yana bir shahar «Tolibon»ga jangsiz taslim bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati markazi hisoblangan Jalolobod shahri rasmiylari bugun, 15 avgust kuni «Tolibon» jangarilariga jangsiz taslim bo‘lishdi.

«Reyters» agentligi xabariga ko‘ra, shaharda jang bo‘lmagan, gubernator tinch aholining hayotini saqlab qolish maqsadida tolibonlarga taslim bo‘lgan.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, tolibonlar Afg‘onistonning deyarli 90 foiz qismini egallab olgan. Faqatgina poytaxt Kobul hozircha ularning nazoratida emas.

Kecha Mozori Sharif shahri «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, yuzlab askarlar O‘zbekitonga qochib o‘tgandi. Ungacha esa Hirot va Qandahor kabi yirik shaharlar ham ularning qo‘liga o‘tgandi.

Mamlakatdagi bunday siyosiy vaziyatni yaxshi tushunib turgan prezident Ashraf G‘ani kecha xalqqa murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana bir shahar «Tolibon»ga jangsiz taslim bo‘ldi