12:30 / 15.08.2021
1 856

«Tolibon» yana bir viloyat markazini bosib oldi: Kobulga bir qadam qoldi

«Tolibon» yana bir viloyat markazini bosib oldi: Kobulga bir qadam qoldi
«Tolibon» harakati Vardak viloyati markazi Maydonshahr shahrini ham bosib oldi. Bu shahar poytaxt Kobuldan 46 km. uzoqlikda joylashgan.

«Tolibon» vakili Zabihulla Mujohidning xabariga ko‘ra, jangarilar gubernator ma’muriyati, politsiya mahkamasi, shahardagi markaziy qamoqxonani egallashgan. Bundan tashqari, hukumat qurolli armiyasi ham tolibonlar nazoratiga o‘tgan.

Ayni paytda jangarilarning maqsadi Kobul bo‘lib turibdi. Poytaxtdagi AQSH elchixonasi xodimlari zudlik bilan shaharni tark etishmoqda.

Kecha Mozori Sharif shahri «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, yuzlab askarlar O‘zbekitonga qochib o‘tgandi. Ungacha esa Hirot va Qandahor kabi yirik shaharlar ham ularning qo‘liga o‘tgandi.

Mamlakatdagi bunday siyosiy vaziyatni yaxshi tushunib turgan prezident Ashraf G‘ani kecha xalqqa murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» yana bir viloyat markazini bosib oldi: Kobulga bir qadam qoldi