15:52 / 15.08.2021
2 574

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Kobul «Tolibon»ga tinch yo‘l bilan topshirilishiga va’da berdi

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Kobul «Tolibon»ga tinch yo‘l bilan topshirilishiga va’da berdi
Foto: EPA
«Tolibon» terrorchilik harakati Kobulga hujum qilmaydi, hokimiyat tinch yo‘l bilan topshiriladi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulsattor Mirzakval ma’lum qildi. Uning videomurojaati TOLOnews tomonidan e’lon qilindi.

Vazir Kobul aholisiga hukumat kuchlari shahar xavfsizligini ta’minlaydi, deb va’da berdi.

Al Arabiya telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyatni topshirish jarayoni 15 avgust kuni Kobuldagi prezident saroyida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda «Tolibon» delegatsiyasi ushbu prezident saroyida muzokaralar olib bormoqda.

Reuters xabarida aytilishicha, Afg‘oniston prezidenti esa AQSH va NATO maxsus vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Avvalroq «Tolibon» terrorchilik harakati Kobulga hujum boshlagani xabar berilgan edi. Jangarilar Kobulga har tomondan kirib borayotgani aytilgandi.

Keyinroq «Tolibon» harakati o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslik haqida buyruq berdi. «Tolibon» «mamlakat hukumati bilan harakat otryadlarining shaharga tinch yo‘l bilan kirishi haqida muzokaralarga kirishdi.

Ayni vaqtda mamlakat prezidenti ma’muriyati esa Kobul hujumga uchramagani va shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Kobul «Tolibon»ga tinch yo‘l bilan topshirilishiga va’da berdi