21:50 / 16.08.2021
3 677

«Tolibon» Kobulda jinoyatlarga aloqador kishilarni hibsga olishni boshladi

«Tolibon» Kobulda jinoyatlarga aloqador kishilarni hibsga olishni boshladi
Foto: EPA
«Tolibon» a’zolari Kobuldagi vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va jinoyatlarga aloqador kimsalarni hibsga olishni boshladi. Bu haqda tashkilot rasmiy vakili Zabihullo Mujohidga tayanib, «Interfaks» xabar qilgan.

«Jinoyatlarga aloqador ko‘plab odamlar hibsga olindi. Hech kimga sobiq amaldorlarning uyiga kirishi, uni vayron qilishi, ulardan mashina talab qilishi yoki odamlarga tahdid qilishiga ruxsat berilmagan. Ularga jiddiy tarzda munosabatda bo‘linadi va jiddiy ta’qibga uchrashadi», – deya yozgan Mujohid.

Avval Zabihullo Mujohid Afg‘oniston fuqarolarining ko‘pchilik qismi «Tolibon»ning hukumat tepasiga kelganidan xursandligi va endi xalqning xavfsizligi ta’minlanishiga ishonayotganini ma’lum qilgandi.

15 avgust kuni Kuchi urug‘i yetakchilaridan biri Twitter’da o‘z uyiga qurolli shaxslar bostirib kirgani va mashinasi, uyining kalitini talab qilgani haqida tvit qoldirgandi.

«Tolibon» 15 avgust kuni Kobulni egallagan. Xabarlarga ko‘ra harakat vakillari Afg‘onistonning boshqa katta shaharlarida bo‘lganidek poytaxtda ham o‘z tarafdorlarini qamoqxonalardan ozod qilgan. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» Kobulni egallaganidan keyin iste’foga chiqqanini e’lon qilib, mamlakatdan xorijga chiqib ketdi. 16 avgustda afg‘on maxsus qo‘shinlari tarqatib yuborildi.

Kobuldagi EMERGENSY Italiya tibbiyot markazi oxirgi kunlarda 115 nafar yaralangan odamlarni qabul qilgani, shahar aeroportidagi to‘polonlar oqibatida jarohatlangan kishilar ham kasalxonaga murojaat qilayotganini bildirgan. Aeroportda minglab odamlar xorijlik diplomatlar bilan birga shaharni tark etishga urinmoqda, samolyotlarning tashqi qismiga o‘tirib olib, Kobuldan ketishga intilayotgan afg‘onistonliklar ham uchramoqda va ularning aksariyati fojiaviy tarzda pastga qulab, halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Kobulda jinoyatlarga aloqador kishilarni hibsga olishni boshladi