23:43 / 16.08.2021
2 088

Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi

Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealardan so‘ng Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenning iste’foga chiqish vaqti kelganini ma’lum qildi.

“Baydenning u Afg‘onistonda yo‘l qo‘ygan ishlari uchun sharmandalarcha iste’foga chiqish vaqti keldi... Bu (iste’fo – tahr.) unchalik katta ish bo‘lmasligi kerak, chunki u avval boshdan qonuniy saylanmagan edi”, - deyiladi Trampning Twitter᾽da tarqatilgan bayonotida.

14 aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari butunlay olib chiqib ketilishini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Afg‘onistonda “Tolibon”* harakati faollashdi va mamlakatning yirik shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladi.

15 avgust kuni ular Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallashdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini bildirdi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi