14:10 / 17.08.2021
2 009

AQSH prezidenti: Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik

AQSH prezidenti: Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi qaroridan afsuslanmasligini aytdi. Baydenning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan nutqi haqida Meduza qisqacha bayon qildi.

«Biz 20 yil oldin Afg‘onistonga 11 sentabr voqealarini uyushtirganlarga javob qaytarish hamda «Al-Qoida» hujumlar uchun Afg‘onistondan tayanch sifatida foydalanmasligini ta’minlash uchun kelgandik. Buni uddaladik. Biz hech qachon afg‘onlarga o‘z davlatini qurishda yordam berishni maqsad qilmaganmiz. Agar afg‘on kuchlarining o‘zida jang qilish istagi bo‘lmasa, amerikaliklar birovning urushida jang qilmasligi va halok bo‘lmasligi kerak.

Biz trillion dollar sarfladik va ularga o‘z kelajagini belgilash uchun zarur bo‘lgan hamma narsani berdik, lekin biz ularga bu kelajak uchun kurashish istagini bera olmaymiz. Agar Afg‘onistonning o‘zi «Tolibon»ga qarshi tura olmasa, u holda AQSHning na bir yil, na besh yil, na yigirma yil qo‘shimcha bo‘lishi ularga yordam bermagan bo‘lardi. Amerika qo‘shinlarini doimiy joylashtirish bilan chet davlatini qayta tiklashga urinish xato bo‘lardi.

Bu ziddiyatda qatnashish AQSH manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Agar biz Afg‘onistonga milliardlab dollar sarflashni davom ettirsak, bundan raqiblarimiz — Rossiya va Xitoy xursand bo‘lardi. Menga Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealar yoqmayapti, lekin men o‘z qarorimga ishonaman. Bizning vazifamiz — evakuatsiya qilish, shundan keyin urush biz uchun tugaydi», — Bayden o‘z nutqida.

Bayden, yaqin kunlarda bir necha ming Amerika fuqarolari Afg‘onistondan olib chiqilishini aytdi. Bundan tashqari, AQSH elchixona, nodavlat notijorat tashkilotlari va AQSH axborot agentliklarida ishlagan afg‘onlarning himoyasiz guruhlari uchun qochqinlarni qabul qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. Shu kuni «Tolibon» Kobuldagi prezident saroyiga kirdi. Keyinroq hukumat kuchlari tark etgan barcha davlat muassasalarini va davlat televideniyesini egallab oldi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» Kobulni egallaganidan keyin iste’foga chiqqanini e’lon qilib, mamlakatdan xorijga chiqib ketdi. 16 avgustda afg‘on maxsus qo‘shinlari tarqatib yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti: Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik