15:00 / 18.08.2021
2 050

Kam Air aviakompaniyasining Kobuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reysi amalga oshirilmadi

Kam Air aviakompaniyasining Kobuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reysi amalga oshirilmadi
Foto: AviaSpotter
Kam Air aviakompaniyasining 17 avgust kuni Kobul—Toshkent—Kobul yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan RQ-907/RQ-908 reysi amalga oshirilmadi. Bu haqda Telegram’dagi «Novosti Tashkentskogo neba» kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, parvoz Kobul aeroporti va Afg‘oniston havo makonining tijoriy aviareyslar uchun yopilgani sabab bekor qilingan.

Ta’kidlash kerakki, afg‘on kompaniyasining reyslari haftaning har seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilib kelgan. Parvoz davomiyligi 1 soat 40 daqiqa. Mazkur aviatashuvchining so‘nggi parvozi 14 avgust kuni Airbus A-340-300 havo layneri tomonidan amalga oshirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kam Air aviakompaniyasining Kobuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reysi amalga oshirilmadi