16:08 / 21.08.2021
1 914

Baydenni hokimiyatdan chetlatishga urinishmoqda

Baydenni hokimiyatdan chetlatishga urinishmoqda
Mashhur kongressmen Marjori Teylor Grin Kongressga AQSH prezidenti Jo Baydenga, shu jumladan Afg‘onistonga nisbatan uchta impichment e’lon qilishni taklif qildi.

Jorjiyalik respublikachi, Kongressga Baydenni 10 ming amerikalikni afg‘on Tolibonlari hukmronligi ostida qoldirgani uchun hokimiyatdan chetlatish to‘g‘risida rezolyutsiya loyihalarini taqdim etganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident AQSHning janubiy chegarasida inqirozga yo‘l qo‘yib, immigratsion qonunlarni buzgan va ijarachilarni ko‘chirish bo‘yicha moratoriyni uzaytirgan holda Oliy sudning pozitsiyasiga zid ravishda qonun chiqaruvchi vakolatlarni o‘z zimmasiga olgan.

«Jo Bayden prezident bo‘lgan qisqa yetti oy ichida Amerika butun dunyo oldida obro‘sini yo‘qotdi. Uning shafqatsiz harakatlariga shunchalik aniq dalillar borki, unga nisbatan impichment e’lon qilinishi kerak», — deya ta’kidlaydi kongressmen o‘z bayonotida.

Uning tashabbusi Kongressda muvaffaqiyat qozonish ehtimoli kam, chunki ikkala palata ham Baydenning demokrat sheriklari tomonidan nazorat qilinadi.

Grin jamoatchilikni bir necha bor hayratda qoldirdi, har xil fitna nazariyalarini ilgari surdi, koronavirus xavfini shubha ostiga oldi va epidemiyaga qarshi choralarga qarshi chiqqani sababli Twitter tomonidan bir necha bor bloklangan.

U bir vaqtlar niqob rejimini Xolokost dahshatlari bilan solishtirgan, lekin keyin so‘zlarini qaytarib, kechirim so‘ragandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Baydenni hokimiyatdan chetlatishga urinishmoqda
[/banner_pushhouse