19:23 / 21.08.2021
6 443

Putin «Tolibon»ning Afg‘onistonni egallab olgani yuzasidan birinchi marta fikr bildirdi

Putin «Tolibon»ning Afg‘onistonni egallab olgani yuzasidan birinchi marta fikr bildirdi
Foto: «Kommersant’»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralarda Afg‘oniston muammosini ustuvor vazifalardan biri deb atadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» Afg‘onistonning deyarli butun hududini nazorat qilayotgani «bu haqiqat, aynan shu voqelikdan kelib chiqib harakat qilish kerak».

Uning fikricha, hozir eng muhimi, terrorchilarning qo‘shni davlatlarga, jumladan, qochqinlar niqobi ostida kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik. Prezident, shuningdek, «Tolibon» jangovar harakatlar tugaganini e’lon qilganini, jamoat tartibini o‘rnata boshlaganini, fuqarolar va chet elliklar xavfsizligini kafolatlaganini qayd etdi. Vladimir Putin ular o‘z majburiyatlarini bajarishiga umid bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat va BMT Xavfsizlik Kengashi bu jarayonni kuzatishi kerak.

Putin «begona qadriyatlarni singdirishga qaratilgan mas’uliyatsiz siyosat»ni va tarixiy, diniy, milliy xususiyatlarni hisobga olmasdan, «boshqa mamlakatlarda begona namunalar bo‘yicha demokratiya qurishga urinish»ni to‘xtatishga chaqirdi. Putin, shuningdek, Afg‘onistonga begona qadriyatlarni yuklash samarasiz ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tajribalar faqatgina davlatning parchalanishiga olib keladi. Hozir esa Afg‘oniston yaxlitligini saqlash muhim.

O‘z navbatida, Merkel Afg‘onistondagi hokimiyatning «Tolibon»ga o‘tishini «dilni xira qiladigan lahza» deb atadi. U Moskvadan «Tolibon» bilan muzokaralarda gumanitar yordam masalalariga e’tibor berishni so‘radi.
«Men Rossiyadan ‘Tolibon’ bilan muzokaralarda BMTning Afg‘onistondagi gumanitar yordam masalalariga alohida to‘xtalishini so‘rayman, ushbu yordamni ko‘rsatishda davom etish uchun bu muhim. Bizning fikrimizcha, bizga yordam bergan odamlar, bundesver, federal politsiya, ular Afg‘onistonni tark etish imkoniga ega bo‘lishi kerak», — dedi kansler.

Vladimir Putin va Angela Merkel o‘rtasidagi muzokaralar Kremlda bo‘lib o‘tdi. Suhbat qariyb uch soat davom etdi. Muzokaralarda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert va Federal kanslerning tashqi va xavfsizlik siyosati guruhi rahbari Uta Kristina Baynxoff ham ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin «Tolibon»ning Afg‘onistonni egallab olgani yuzasidan birinchi marta fikr bildirdi