14:00 / 22.08.2021
1 554

Angliyada baliqchi qush supermarketga o‘g‘rilikka tushdi (video)

Angliyada baliqchi qush supermarketga o‘g‘rilikka tushdi (video)
Kadr: YouTube
Angliyaning Devon grafligidagi Peynton shahrida baliqchi qush (chayka) o‘g‘rilik sodir etayotganida qo‘lga tushdi, deb xabar beradi Meduza.

Baliqchi qush tez va aniq, biroq ehtiyotsizlik bilan harakat qilgan, shu sababli u kamerasi bor guvohlar e’tiboriga tushib qolgan.
Umuman olganda, qush mahalliy supermarketni o‘marishga uringan. U atrofda hech kim qolmaguncha kutgan, do‘konga kirgan, peshtaxtada yotgan chipslar qutisini olib, binoni tark etgan. Hatto eshikdan kirishdagi datchiklar ham ishlamagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu qush supermarketlarga birinchi bor o‘g‘rilikka tushishi emas. Uning hatto o‘ziga xos kriminal uslubi ham shakllangan: tez kirish, chipslarni olish va uzoqroqqa qochib ketish. Bu kabi holat so‘nggi bor shu yilning iyunida sodir bo‘lgan.

«Politsiya hamon jinoyatchini to‘xtatmagan — Peyntondagi chipslar va kichik biznes hamon xavf ostida», — deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Angliyada baliqchi qush supermarketga o‘g‘rilikka tushdi (video)
[/banner_pushhouse