20:30 / 24.08.2021
3 666

MRB rahbari «Tolibon» bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi

MRB rahbari «Tolibon» bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi
Foto: «verelq»
MRB rahbari Uilyam Berns Qobulda Tolibonning siyosiy qanoti rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan yashirin uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda The Washington Post xabar bergan.

Nashrning yozishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Uilyam Bernsni Qobulga u yerdagi evakuatsiya operatsiyasi munosabati bilan yuborgan.

Ehtimol, Berns va Barodar uchrashuvida Amerika fuqarolarini Afg‘onistondan olib chiqish muddatini uzaytirish masalasi ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish, fuqarolar va ularga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish muddati — 31 avgust.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MRB rahbari «Tolibon» bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi