08:37 / 25.08.2021
3 790

Toliblar Panjsherdagi vaziyat Rossiyaning ta’siri orqali hal qilinishi mumkin deb hisoblamoqda

Toliblar Panjsherdagi vaziyat Rossiyaning ta’siri orqali hal qilinishi mumkin deb hisoblamoqda
Foto: AP Photo / Rahmat Gul
Rossiyaning ta’sir ko‘rsatishi “Tolibon”ga bo‘ysunmagan Panjsher viloyatidagi vaziyatni hal qilishga yordam berishi mumkin. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin aytdi.

Bu Rossiya ta’siridan foydalangan holda muhokama qilinadi deb o‘ylayman. Bu ma’qullanadi va qadrlanadi”, – dedi Shahin toliblar Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan qarshilik kuchlari bilan muzokaralarda vositachilik qilishni so‘ragani to‘g‘risidagi savolga javoban.

Shahinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Afg‘onistondagi tinchlik va yarashuv ishiga hissa qo‘shishi mumkin, Rossiyaning roli doimo ma’qullangan”.
Toliblar 15 avgust kuni Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritdi. Panjsher ular nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Panjsherdagi vaziyat Rossiyaning ta’siri orqali hal qilinishi mumkin deb hisoblamoqda