13:00 / 26.08.2021
5 641

Olimlar yaqinlashib kelayotgan ulkan falokatning belgisini aytdilar

Olimlar yaqinlashib kelayotgan ulkan falokatning belgisini aytdilar
Ulkan muzliklar bilan qoplangan Grenlandiyada yomg‘ir yog‘a boshladi, ushbu hodisa iqlimning keskin o‘zgarishining falokatli belgisi sifatida baholanmoqda. Bu haqda Daniya olimlarining kuzatuvlariga asoslanib Phys.org ma’lum qildi.

«Yog‘ingarchilik 14 avgust kuni dengiz sathidan taxminan uch ming metr balandlikda yuz berdi. Bu hodisa faqat noldan biroz past va baland haroratlarda sodir bo‘lishi mumkin», — deydi Daniya meteorologiya instituti xodimi Martin Stendel.

Ikki ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida atigi to‘qqiz marta shunday issiqlik hodisalari qayd etilgan, ularning uchtasi so‘nggi o‘n yil ichida sodir bo‘lgan. Biroq, 2012 va 2019 yillarda, havo harorati ko‘tarilganda, bu joylarda yomg‘ir yog‘magan, deya ta’kidlagan mutaxassislar.

«Oldin olti marta yuz bergan global isish natijasida yomg‘ir yoqqanmi yoki yo‘qligini aniq ayta olmaymiz, lekin bunday hodisa ehtimoldan yiroq», — deydi Stendel.

Bu yil yozda harorat Grenlandiyada 20 daraja rekordgacha isigan. Issiq to‘lqin muz qatlamining erishini yanada tezlashtirgan. Bu olimlarni xavotirga solmoqda, chunki Arktikadagi harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘ra tezroq ko‘tarilmoqda.

Orolni qoplagan muz qatlami Fransiyadan uch baravar katta. Muzliklarda erish natijasida jahon okeanining sathini yetti metrga ko‘tarish uchun yetarli suv miqdori bor, deyiladi maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yaqinlashib kelayotgan ulkan falokatning belgisini aytdilar