20:26 / 26.08.2021
2 312

Kobul aeroportida portlash. Qurbonlar bor

OAVda kamida 13 kishi portlash qurboni bo‘lgani aytilmoqda, o‘nlab kishilar yaralangan.

Kobul aeroporti yaqinida portlash ro‘y berdi, bu ma’lumot Pentagon rasmiysi Jon Kirbi tomonidan tasdiqlandi.

«Qurbonlar va jabrlanganlar soni hozircha aniq emas. Biz jamoatchilikni tezkor ravishda xabardor qilib boramiz», degan Kirbi.

Portlash Kobul aeroportiga kirish qismida, yuzlab kishilar to‘plangan hududda sodir bo‘lgan.

Al-Jazeera ma’lumotiga ko‘ra, portlashdan keyin aeroport joylashgan hududda otishma ovozi eshitilgan. Fransiyaning Afg‘onistondagi elchisi David Martinon navbatdagi portlashlar xavfi haqida ogohlantirib, aeroport hududidan uzoqroqda bo‘lishga chaqirgan. Turkiya mudofaa vazirligi esa aeroport hududida ikki marta portlash bo‘lganini aytmoqda.

Sky News Arabia telekanali xabariga ko‘ra, aeroportga kirish eshigi oldida hudkush portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Reuters ham Pentagondagi manbasiga asoslanib bu ma’lumotni tasdiqladi.

Portlashdan jabrlanganlar va qurbonlarning aniq soni ma’lum emas.

Al-Arabia telekanali portlash qurbonlari soni kamida 10 nafar ekani haqida xabar tarqatgan.

Fox News portlash oqibatida kamida uch nafar amerikalik harbiy jarohatlanganini xabar qildi.

«Tolibon» rasmiysi Zabihullo Mujohid ham terakt haqida ma’lumot berib, portlash oqibatida harakatning aeroportni qo‘riqlashga jalb etilgan ko‘plab xodimlari yaralangani, terakt kamida 13 kishini hayotdan olib ketganini, qurbonlar orasida bolalar ham borligini ma’lum qildi.

AQSH, Britaniya va Germaniya o‘z maxsus xizmatlari ma’lumotlariga asoslanib, payshanba kuni tongidan aeroport hududida teraktlar ro‘y berishi mumkinligi haqida ogohlantirish bera boshlagandi.

Terakt uchun javobgarlikni ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi o‘z zimmasiga oldi, tashkilot yangi teraktlar sodir etilishini ma’lum qildi.

Kobul aeroporti — hozirda Afg‘onistondan uchib ketish mumkin bo‘lgan yagona joy. 15 avgustda mamlakatda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tgach, har kuni aeroportga xorijiy mamlakatlarning evakuatsiya reyslari orqali mamlakatdan chiqib ketishni maqsad qilgan minglab kishilar oqib kela boshladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobul aeroportida portlash. Qurbonlar bor