22:48 / 30.08.2021
2 415

Afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi

Afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi
Foto: Khaama.com
Afg‘onistonlik jurnalistlar Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan jamoaviy maktubni imzoladi. Bu haqda Tolo News telekanaliga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«Hozirgi muammolar va ommaviy axborot vositalari xodimlarining hayoti, mol-mulki va oilalariga tahdidlar kuchayib borayotganini hisobga olib, biz va oilalarimiz hayotini saqlab qolish uchun BMTdan yordam so‘ramoqchimiz», — deya maktub matnini keltiradi telekanal.

Mahalliy Pajhwok nashrining yozishicha, «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olganidan so‘ng, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasiga afg‘onistonlik hamkasblaridan ularni Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bo‘yicha yordam so‘rab 2 mingdan ziyod so‘rov kelib tushgan.

15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Tolibon» hukmronligi davrida jurnalistlar hodisalarni tanqid qilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga BMT avgustda Afg‘onistonning «Tolibon» tomonidan egallab olingan hududlarida ayollar, huquq himoyachilari va jurnalistlarning ommaviy o‘ldirilishi holatlari haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi