18:33 / 04.09.2021
2 421

«Tolibon» havoga «bayramona o‘q uzish»ni taqiqladi

«Tolibon» havoga «bayramona o‘q uzish»ni taqiqladi
«Tolibon» rahbari o‘rinbosari mulla Muhammad Yaqub viloyatlar gubernatorlari va politsiya rahbarlariga havoga tartibsiz o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Bu haqda AfghanUrdu resursi xabar bermoqda.

«Viloyatingizda havoga o‘q uzilishining oldini oling. Hech qanday holatda havoga o‘q uzilmasligi shart! Agar viloyatingizda bunday holat yuz bersa, javobgarlikka tortilasiz», — deya Yaqubning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AfghanUrdu.

Avvalroq The Khaama Press agentligi Afg‘onistonda Panjsher viloyati toliblar qo‘liga o‘tgani haqidagi xabardan so‘ng havoga tartibsiz o‘q uzishlar oqibatida 70 nafardan ortiq kishi yaralangani, 17 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida yozgandi.

O‘z navbatida, Panjsherdagi qarshilik kuchlari vakili Fohim Dashtiy bu xabarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning hujumlari qaytarilgan, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» havoga «bayramona o‘q uzish»ni taqiqladi