09:43 / 05.09.2021
2 789

Amerikalik harbiylar Afg‘onistonga o‘n minglab avtomobillarini tashlab ketgan

Amerikalik harbiylar Afg‘onistonga o‘n minglab avtomobillarini tashlab ketgan
Foto: Cpl Trent A. Randolph
AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, mamlakatda amerikalik soliq to‘lovchilar puliga xarid qilingan o‘n minglab mashinalar qolib ketdi. Washington Post’ning yozishicha, armiya ixtiyorida 76 mingta avtomobil, jumladan, 43 mingta Ford Ranger pikapi, 22 ming Humvee yo‘ltanlamasi va 900 ga yaqin MRAP zirhli mashinasi bo‘lgan. Ammo avtomobillarning 70 foizini amerikaliklar mahalliy harbiylarga topshirib ketgan, deb xabar beradi Motor.

Amerika harbiylarning Afg‘onistonda bo‘lgan davrida budjetdan 83 milliard dollar ajratilgan va bu mablag‘larning uchdan bir qismi transport, tegishli qurilmalar va transportirovkaga sarflangan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet Makkenzining so‘zlariga ko‘ra, Kobuldan amerikalik harbiylarning evakuatsiyasi yakunlanishidan oldin 70 ta zirhli texnika, 27 ta Humvee yo‘ltanlamasi va 73 ta samolyot ishdan chiqarilgan.

Shunga qaramay, qator texnikalar aeroport ishini ta’minlash maqsadida, masalan, o‘t o‘chirish mashinalari va yuk tashigichlar soz holatda qolgan. Amerikaning so‘nggi samolyoti Afg‘oniston havo makonini 30 avgust kuni tark etgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden 23 avgust kuni AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi davomida 2448 nafar amerikalik halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. U har kuni talafotlar statistikasi bilan tanishib chiqishini aytgandi. «Bu qog‘ozchani har kuni o‘zim bilan olib yuraman — unda 2448 amerikalik halok bo‘lib, 20 722 nafari yaralangani qayd etilgan», — degan edi siyosatchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik harbiylar Afg‘onistonga o‘n minglab avtomobillarini tashlab ketgan