09:03 / 06.09.2021
2 064

Britaniya maxsus kuchlari paranjida Afg‘onistondan qochib ketishdi

Britaniya maxsus kuchlari paranjida Afg‘onistondan qochib ketishdi
“Buyuk Yuritaniyaning maxsus kuchlari SAS bo‘linmasining askarlari ayollar kiyimida Afg‘onistondan qochib ketishdi. Shu tariqa, ular “Tolibon” jangarilarini aldashga muvaffaq bo‘lishdi”, deb xabar beradi Daily Express.

Buyuk Britaniyaning 20 ga yaqin elita maxsus kuchlari jangchilari Afg‘oniston janubida o‘z hollariga tashlab qo‘yilgan holda qolishdi. Britaniya Mudofaa vazirligi ularni olib keta olmadi, shuning uchun harbiylar Kobulga o‘zlari yetib kelishlari kerak edi.

Inglizlar uchun eng katta qiyinchiliklar “Tolibon” bosib olgan Kobul orqali Hamid Karzay aeroportiga boradigan yo‘lda bo‘lgan. Maxsus kuchlar toliblardan qo‘rqib, ayollar libosini kiyib olishgan. Qochishning barcha ishtirokchilari yuzlarini parda bilan yopgan. Ular harbiy qurol va uskunalarning katta qismini tashlab ketishgan.

Ularni bir necha bor to‘xtatgan “Tolibon” patrullari shubhali narsani sezmagan. Natijada Britaniya maxsus kuchlari aeroportga yetib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya maxsus kuchlari paranjida Afg‘onistondan qochib ketishdi