15:25 / 06.09.2021
1 714

«Tolibon» Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirdi

«Tolibon» Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirdi
Foto: Facebook/Fahim Dashtiy
«Tolibon» a’zolari Afg‘onistonning Panjsher viloyatida Milliy qarshilik fronti matbuot kotibi va «Jamiyati Islomiy» partiyasining yuqori martabali a’zosi Fahim Dashtiyni o‘ldirdi. Bu haqda Afg‘onistonning Khaama Press agentligi va Independent Persian manbalariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Khaama Press qayd etishicha, ushbu xabarni «Jamiyati Islomiy» a’zosi Nur Rahmon Axloqiy tasdiqlagan. Afg‘onistonning TOLOnews agentligi manbalariga ko‘ra, Dashtiy 5 sentabr kuni «Tolibon» bilan janglarda halok bo‘lgan. Voqeaning tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.

Panjsher vodiysi Afg‘onistonda «Tolibon» nazoratiga o‘tmagan oxirgi mintaqa bo‘lib qolmoqda. «Tolibon»ga qarshi kuchlar shu yerda to‘plangan, ularga kichik Ahmad Mas’ud rahbarlik qilmoqda. Vodiyni Milliy qarshilik fronti bo‘linmalari muhofaza qilmoqda. Oxirgi bir hafta mobaynida «Tolibon»ning Panjsherni bo‘ysundirishga urinishlari muvaffaqiyatsiz kechdi.

Al Arabiya manbalari 5 sentabr kuni «Tolibon» Bozor tumanini egallab olgani va Panjsher vodiysi bo‘ylab harakatlanayotgani haqida xabar berdi.

3 sentabr kuni Afg‘oniston milliy qarshilik fronti Kobul shimolidagi Parvon viloyati markazi Chorikor shahrini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi, Panjsherdagi janglarda «Tolibon» katta talafot ko‘rgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirdi
[/banner_pushhouse