21:25 / 06.09.2021
4 551

Panjsher yetakchisi afg‘on xalqiga murojaat qildi

Panjsher yetakchisi afg‘on xalqiga murojaat qildi
Foto: «REUTERS / Mohammad Ismail»
Panjsher qarshilik kuchlari rahbari Ahmad Ma’sud afg‘on xalqiga videomurojaat yozib, aholini «Tolibon»ga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda toliblar bilan bir qatorda xorijiy kuchlar ham jang qilmoqda.

«Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, chet elda yoki mamlakatda bo‘lsangiz ham, vatanimizni ozod qilish va madh etish uchun ommaviy qo‘zg‘olonni boshlashga chaqiramiz. Har kim qo‘lidan kelganicha bosh ko‘tarsin», — dedi Ma’sud o‘z murojaatida.

Qarshilik fronti rahbari Tolibon Kobul ustidan nazorat o‘rnatganidan va Panjsher qo‘lga olinganini e’lon qilganidan keyin Afg‘oniston xalqaro izolyatsiyada qolishi mumkinligini istisno qilmagan.

Dushanba kuni toliblar ularning nazoratida bo‘lmagan yagona Panjsher viloyatini egallab olganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari bu ma’lumotni rad etishdi. Shuningdek, «Tolibon» avvalroq qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Ma’sud qochib ketganini ma’lum qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Panjsher yetakchisi afg‘on xalqiga murojaat qildi