23:58 / 07.09.2021
10 360

Amerikalik olimlar qon bosimini dori-darmonsiz tushirish yo‘lini ma’lum qilishdi

Amerikalik olimlar qon bosimini dori-darmonsiz tushirish yo‘lini ma’lum qilishdi
Foto: «Etoholesterin.ru»
Amerikada Mayo klinikasi mutaxassislari fikricha, past intensivlik va qisqa muddatli mashqlar yuqori qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Daily Express ma’lumotlariga ko‘ra, ular gipertoniya profilaktikasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Nashrning ta’kidlashicha, bunday mashg‘ulotlar muntazam ravishda 12 daqiqa davomida bajarilishi zarur. Ular muayyan mushak yoki mushaklar guruhi qisqarishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, bir holatda harakatsiz bajariladi, deyiladi xabarda.

Ularning fikriga ko‘ra, gipertoniya alomatsiz kechishi mumkin, ammo bu o‘limga olib kelishi hech gap emas. Chunki bunda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olimlar qon bosimini dori-darmonsiz tushirish yo‘lini ma’lum qilishdi