15:24 / 08.09.2021
2 630

«Tolibon»ning bosh yetakchisi o‘zgardimi?

«Tolibon»ning bosh yetakchisi o‘zgardimi?
«Tolibon» 7 sentabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qilgandi. Unga oxirgi marta «Tolibon» hokimiyat tepasida bo‘lganida tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund hukumatga rahbarlik qiladi.

Afg‘onistonning yangi hukumati e’lon qilinganidan keyin «Tolibon» lideri Xaybatulla Oxundzoda harakat yetakchisi bo‘lib qolaveradi. Ta’kidlanishicha, Oxundzoda seshanba kuni «Tolibon» e’lon qilgan muvaqqat hukumat tarkibiga kiritilmagan.

Jumladan, «Tolibon» rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Muttaqqiy tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

«Tolibon» boshlig‘ining o‘rinbosari Muhammad Yoqubga mudofaa vaziri vazifasi yuklatildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbari lavozimiga mulla Sarajuddin Haqqoniy tayinlandi.

Ma’lumot uchun Muhammad Hasan Oxund 2001 yildan beri BMT sanksiyalari ostida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon»ning bosh yetakchisi o‘zgardimi?