20:43 / 09.09.2021
1 814

Xonanda MakSim komadan chiqqanidan keyingi ilk istagi haqida so‘zlab berdi

Xonanda MakSim komadan chiqqanidan keyingi ilk istagi haqida so‘zlab berdi
Foto: Instagram / @maksimartis
«Tungi Urgant» («Vecherniy Urgant») shousining yangi mavsumi MakSim bilan telefon orqali muloqot bilan boshlandi. Boshlovchi xonandaning hozirgi ahvoli, shuningdek, o‘ziga kelganidan keyin birinchi bo‘lib nimani so‘ragani bilan qiziqqan.

«Men uchun qayg‘urgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shubhasiz, sizning qayg‘urishlaringiz sabab aqlan sog‘lom va xotiram but holda oyoqda tik turibman», — degan qo‘shiqchi.

Foto: Elle
Ma’lum qilinishicha, MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marinaning o‘ziga kelganini mo‘’jiza deb hisoblagan shifokorlar uning istalgan xohish va talabini bajo qilishga qaror qilgan. «Mendan ayni vaqtda nimani ko‘proq istayotganim haqida so‘rashdi. Men ularga royal-chizburger, shirin-nordon ta’mli sous va muz qo‘shilmagan kola istashimni aytdim», — deb qo‘shimcha qilgan 38 yashar ijodkor.

MakSimga salomatlik tilagan Ivan Urgant uni dasturida mehmon bo‘lishini istashini ta’kidlagan. Zaldagilar esa qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning «Bilasanmi» nomli qo‘shig‘ini kuylagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 15 iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda MakSim komadan chiqqanidan keyingi ilk istagi haqida so‘zlab berdi