08:00 / 10.09.2021
5 726

Afg‘oniston fuqarosi oilasini saqlab qolish uchun qizlaridan birini sotishga qaror qildi

Afg‘oniston fuqarosi oilasini saqlab qolish uchun qizlaridan birini sotishga qaror qildi
Foto: «The Times»
Mir Nazir ismli Afg‘oniston fuqarosi oilasini ochlikdan qutqarish uchun 4 yoshli qizini sotishga qaror qildi, deb yozadi «The Times» nashri.

«Menga do‘kon egasidan taklif tushdi, u farzandsiz. U qizim Safiya ular bilan birga yashashi va do‘konida ishlashi uchun 20 ming afg‘oni (taxminan 236 dollar) taklif qildi. Ammo qizimni bunday arzon narxga sota olmayman, shuning uchun 50 ming afg‘oni (taxminan 590 AQSH dollari) so‘radim», — dedi erkak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bolasidan voz kechishga tayyor emas, lekin uning boshqa chorasi yo‘qligi aytilmoqda.
Nazirning aytishicha, u ilgari G‘azni shahar politsiyasida ishlagan, lekin daromadidan mahrum bo‘lgach, rafiqasi va besh farzandi bilan Kobulga qochgan. «Tolibon» harakati hokimiyat tepasiga kelgach, oilasini boqish umidi ham puchga chiqdi.

Toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan beri vujudga kelgan beqarorlik tufayli ko‘pgina afg‘onlar haqiqatan ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Mamlakat aktivlari muzlatilgan, banklar yopilgan va nihoyatda muhim tashqi yordam esa to‘xtatilgan. Mutaxassislarning taxminicha, xalqaro hamjamiyat ko‘magisiz yaqin haftalarda keng qamrovli inqiroz boshlanadi.

Afg‘oniston milliy valyutasi 15 avgust — «Tolibon» Kobulni egallab olgandan keyin keskin tushib ketdi: bir dollar — 83.5013. Keyinchalik kurs o‘z ma’nisini yo‘qotdi, chunki Afg‘onistonga yoki undan tashqari pul o‘tkazish imkonsiz bo‘lib qoldi. Bozorda faoliyat yuritayotgan ikkita kompaniya — Western Union va MoneyGram shtatdagi faoliyatini to‘xtatdi, AQSH esa mamlakatga dollar yetkazib berishni bas qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston fuqarosi oilasini saqlab qolish uchun qizlaridan birini sotishga qaror qildi