13:00 / 10.09.2021
2 319

Kim Chen In ommaga mutlaqo yangicha imijda ko‘rinish berdi

Kim Chen In ommaga mutlaqo yangicha imijda ko‘rinish berdi
KXDR lideri Kim Chen In Pxenyan shahrida Shimoliy Koreya davlati tashkil topganining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda omma oldida mutlaqo yangi qiyofada paydo bo‘ldi.

Taxminan bir soat davom yetgan paradda, rahbar nutq so‘zlamagan, lekin uning tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgargani chet el ommaviy axborot vositalarining etiborini tortdi. Koreya markaziy telegraf agentligidan olingan rasmlar Kim Chen In anchagina vazn yo‘qotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, ko‘pchilik Shimoliy Koreya rahbari kiyinishidagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi — u Xitoy Xalq Respublikasining asoschisi Mao Szedun uslubidagi odatiy kurtkasini galstukli yevropacha kostyumiga almashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen Inning anchagina vazn yo‘qotgan holati muhokamalarga sabab bo‘lgan, KXDR liderining xastaligi bo‘yicha gap-so‘zlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In ommaga mutlaqo yangicha imijda ko‘rinish berdi