20:10 / 10.09.2021
6 472

«Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi

«Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi
Marshal Abdurashid Do‘stum tvitterdagi sahifasida xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonning hozirgi hukumatini tan olishga shoshilmaslikka chaqirdi.

«Men xalqaro hamjamiyatni va barcha qo‘shnilarimizni, ayniqsa shimoliy va shimoli-g‘arbiy davlatlarni, Afg‘onistondagi terroristik hukumatni tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman.

Men BMTdan sukunatni buzishni va «qora ro‘yxat»ga kiritilgan terrorchilardan Panjshirdagi etnik tozalash va genotsidni to‘xtatishni, vodiy darvozalarini ochishni, OAVga vaziyatni yoritishga va Panjshirga gumanitar yordam kirishiga ruxsat berishni talab qilishini so‘rayman. Fojia yaqinlashmoqda
», deb yozadi u.

Bu orada «Tolibon» Afg‘onistondan ekstremistlarni quvib chiqarayotgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, «Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati»ning ko‘p «Tolibon» talabi bilan Afg‘onistonni tark etishgan. Bu bayonot «Tolibon» harakati Qatar siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Shohin tomonidan Xitoy nashriga berilgan intervyuda aytilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashkilotning ko‘plab a’zolari Afg‘onistonni tark etishgan, chunki ularga Afg‘oniston hududidan boshqa mamlakatlarga hujumlar tayyorlash uchun yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi