07:00 / 13.09.2021
2 085

Soxta shifokor COVID-19 bemorlarini uyiga javob berib yubordi

Soxta shifokor COVID-19 bemorlarini uyiga javob berib yubordi
Foto: «Kp.ru»
Vetnam janubidagi Binziong provinsiyasida g‘alati hodisa ro‘y berdi. Kovid markaz bemori o‘zini shifokor qilib ko‘rsatib, COVID-19 bemorlariga tibbiy muassasani tark etishiga ruxsat berdi. Bu haqda Tuoi Tre News xabar bermoqda.

Haddan tashqari faol fuqaro Zalo chat ilovasida «Doktor Long» nomi bilan akkaunt yaratdi. So‘ngra uyiga qaytishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini statsionar bemorlar guruhiga yubordi. Bundan ko‘ngli to‘lmagan ko‘rinadi, ko‘p o‘tmay yana bir xabar paydo bo‘ldi: «Hamma, narsalarini yig‘ishtirib, ertalab soat 8:30 da pastda to‘plansin».

Tibbiyot xodimlari politsiyaga murojaat qilishdi. Hazilkash tashkilot va shaxslarning huquq va manfaatlarini buzadigan yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun 7,5 million dong (330 dollar) jarimaga tortildi.

Soxta shifokor o‘z aybiga iqror bo‘lib, boshqa hech kimni masxara qilmaslikka va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Soxta shifokor COVID-19 bemorlarini uyiga javob berib yubordi