Foto: Legion Media
Britaniyalik yozuvchi Nik Redfern Merilin Monroning Markaziy razvedka boshqarmasi ishlariga aralashuvi tufayli vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u «Sirlar kundaligi: NUJ fitnasi va Merilin Monroning sirli o‘limi» nomli kitobida yozgan.
Monro 1962 yil 5 avgustda 36 yoshida vafot etgan bo‘lsa-da, ammo uning o‘limi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa uyqu dori sifatida qabul qilgan barbituratning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. Monroning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb hisoblaydiganlar ham talaygina.
Foto: Wikimedia Commons
Ammo yozuvchining ishonch bilan ta’kidlashicha, Merilin Jon Kennedi aytgan ma’lumot tufayli o‘ldirilgan. Uning aytishicha, AQSH sobiq prezidenti aktrisaga halokatga uchragan NUJlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni aytgan.
Uning o‘limi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan, shundan keyingina o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarning tarqalishi to‘xtagan. «Monro halokatga uchragan NUJ (noma’lum uchar jism)lar va AQSH harbiy bazalarida saqlanayotgan g‘ayrioddiy jasadlar haqidagi maxfiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan», deb iqtibos keltiradi The Sun nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi